O'zbekistonda avtomobilning taxminiy bahosini aniqlash uchun sodda, tushunarli va eng muhimi adolatli kal-kulyator taqdim etildi. Bu haqda «UzAuto Motors» AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, trade-in.uz veb-saytidagi mazkur kal-kulyatorni yaratishda o'xshash avtomobillarni dilerlar va jismoniy shaxslar tomonidan sotish bo'yicha haqiqiy takliflarga asoslangan mualliflik hisob-kitob usuli qo'llanilgan.
Kal-kulyator avtomobilning taxminiy bahosini belgilaydi. Avtomobilning yakuniy narxi uning asl holati va mahalliy bozor omillariga asoslanadi hamda Trade-In mutaxassisi tomonidan baholanadi.
Translate »