Qarshida yarim tunda bir-birini do'pposlagan yigitlar voqeasi yuzasidan ma`lumot berildi

2518

Kecha telegram kanalimiz orqali Qarshi shahrida noma`lum shaxslar o'rtasida janjal sodir bo'lgani, 5 nafar yigitlar 1 nafar yigitni urib, unga og'ir tan jarohati etkazishga harakat qilgani haqida xabar bergandik. Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma`lum bo'lishicha, 7 noyabr- kuni Qarshi shahar Gulshan mahallasi hududida joylashgan Gulshan to'yxonasida M.A.ning nikoh kechasi bo'lib o'tgan.

Fuqarolar yig'ilib to'ydan chiqayotganida M.A.ning do'sti Z.Sh bilan kelinning sinfdoshlari P.B, R.A, N.Sh, K.Sh va X.J.lar tortishib, o'zaro janjallashib qolishadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

1 izoh

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here