Qashqadaryolik yosh dasturchilar sovrin jamg'armasi 100 ming dollarni tashkil etuvchi tanlovda g'olib bo'ldi

959
Joriy yilning 11 noyabr- kuni videokonferensiya shaklida O'zbekiston oliy ta`lim muassasalari talabalari o'rtasida «mGovAward» eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish bo'yicha tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Eslatib o'tamiz, «mGovAward» eng yaxshi davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo'yicha tanlov O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining muvofiqlashtiruvida IT Park tomonidan O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida Birlashgan Arab Amirliklari Davlat ishlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tanlov jarayoni 2019 yil 26 sentyabrda boshlandi. Unda ishtirok etish uchun jami 260ta murojaatlar taqdim etildi, ulardan 97tasi saralab olindi. Final bosqichida ishtirok etish uchun ta`lim, sog'liqni saqlash, turizm va biznesni rivojlantirish sohalarida mobil ilovalarni ishlab chiqqan 7ta jamoalar vakillari tanlab olindi.
Ommabop ovoz berish natijalariga ko'ra, g'olib masofaviy ta`lim uchun Roboteach ilovasini ishlab chiqqan jamoa bo'ldi. Ikkinchi o'rin Imam Bukhari mobil ilovasi yaratuvchilariga berildi, uchinchi o'rin esa imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish uchun Sahiya ilovasini ishlab chiqqan dasturchilarga nasib etdi. Tanlov g'olib va sovrindorlarining yutuq miqdorlari mos ravishda 50 ming, 30 ming va 20 ming dollarni tashkil etdi.
Quvonarlisi, masofaviy ta`lim uchun Roboteach ilovasini ishlab chiqqan va 1 o'ringa munosib ko'rilib, 50 ming dollarni qo'lga kiritgan yoshlar qashqadaryolik!

«Bugun hayotimdagi yana bir eng baxtli kunlardan biri. Bundan roppa rosa 1 yil oldin sovrin jamg'armasi 100 ming dollarini tashkil etuvchi «mGovAward»  tanlovida qatnashishni boshlagan edik. Bugun esa bizning Roboteach mobil ilovamiz 1-o'rinni oldi va 50 ming dollarini sovrindori bo'ldik,- deydi loyiha muallifi Sardor Sodikov. – Qashqadaryo yoshlarining salohiyati bemalol jahonni zabt etishga etadi. Faqatgina harakat va mehnat qilish kerak».

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here