Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Qashqadaryoda 856 nafar talabalarning 3 milliard 780 million 600 ming so‘mlik kontrakt mablag‘lari to‘lab berilmoqda

Qashqadaryoda 856 nafar talabalarning 3 milliard 780 million 600 ming so‘mlik kontrakt mablag‘lari to‘lab berilmoqda

13 авг 2026
10
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va o‘qitishga qurbi yo‘q oilalar farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bu boradagi ezgu tashabbuslar Qashqadaryo viloyatida izchil davom ettirilmoqda.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatidagi 856 nafar talaba-yoshning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun jami qariyb 3 milliard 780 million 600 ming so‘m miqdoridagi kontrakt mablag‘lari ajratildi.

Mazkur amaliy yordam, avvalo, ta’lim olish istagida bo‘lgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli kontrakt mablag‘larini to‘lashda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tashabbus xotin-qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlarning kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: