Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Qashqadaryo viloyat sudiga yangi rais tayinlandi

Qashqadaryo viloyat sudiga yangi rais tayinlandi

10 мар 2026
600
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Elmurodov Anvar Normuratovich - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Anvar Elmurodov - 1978-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. U Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islamov va Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovlar mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar haqida to‘xtalib, sud tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlar zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalari xususid o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: