Qashqadaryoda 279 mln soʻmdan ortiq mablagʻ noqonuniy kriptovalyuta ayirboshlash oqibatida talon-toroj qilindi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 279 million soʻmdan ortiq mablagʻ noqonuniy kriptovalyuta ayirboshlash oqibatida talon-toroj qilindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro ichki ishlar organlarining 102 markaziga murojaat qilib, nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻzining nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik kartasidagi mavjud jami 279 million 600 ming soʻm pul mablagʻlari noqonuniy ravishda yechib olinganligini bildirgan.
Mazkur murojaat asosida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, pul mablagʻlarini noqonuniy ravishda ayirboshlash bilan shugʻullangan shaxs aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashovchi fuqaro oʻziga tegishli bank plastik kartasidan foydalangan holda, kriptobirja orqali jami 896 million 922 ming 227 soʻm 59 tiyin miqdoridagi mablagʻni noqonuniy tarzda kriptovalyutaga ayirboshlab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ўхшаш янгиликлар:
Темур Поёнов Қашқадарё вилояти бандлик бошқармаси ва вилоят прокуратурасини "мот қилди"
Поёновга нисбатан тузилган жарима қарори бекор қилинди.
Қашқадарёда 10 гектар ерни 250 млн сўмга сотмоқчи бўлган шахс ушланди
200 миллион сўм пулларни олган вақтида ашёвий-далиллар билан ушланган.