Respublika tanlovida qashqadaryolik xotin-qizlar ham sovrindor bo'ldi

Mamlakatimiz xotin-qizlarining innovasion g'oyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qo'llab-quvvatlash,  fan-ta`lim va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning amalga oshirayotgan loyihalari samaradorligini oshirish maqsadida “O'zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” Respublika tanlovi an`anaviy tarzda o'tkazib kelinmoqda.
III Respublika tanlovida Qashqadaryo viloyatidan ishtirok etgan
12 nafar xotin-qizlar orasida
“AKT sohasi bo'yicha eng yaxshi innovasion loyiha” muallifi deb Jalolova Pokiza,
 “Iqtidorli qizning istiqbolli innovasion g'oyasi” muallifi deb Mansurova Zarina,
 “Eng samarali innovasion loyiha” muallifi deb Shabarova Umida,
“Omadli start loyihasi” muallifi deb Burieva Surayyo,
“Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovasion loyihasi” muallifi deb Murodova Aziza,  Nizamova Saodat va Jo'raeva Diloromlar g'olib deb topildilar.
Tabriklaymiz!!!

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here