2020 yil 1 fevraldan oylik maosh va pensiyalar oshiriladi

2020 yilning fevralidan byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlari ish haqlari, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordamlar miqdori 1,07 baravarga oshiriladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoevning 30 dekabr- kuni imzolangan “O'zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to'g'risida”gi qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida ko'zda tutilgan.

2020 yil 1 fevraldan boshlab:

  • mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so'm;

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so'm;

  • eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so'm;

  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so'm;

  • zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so'm;

14 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to'lgunga qadar bola parvarishi bo'yicha nafaqa, kam ta`minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq belgilanadi;

soliqlar, yig'imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug'ullanish uchun patent (lisenziya) to'lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to'lovlar miqdorini aniqlashda qo'llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so'm o'zgarishsiz qoldiriladi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here