Shahrisabz tumani hokimi o'rinbosari pora bilan qo'lga olindi

Qashqadaryoda erga egalik qilish huquqini olib berish uchun 100 AQSh dollari olgan hokimiyat mutaxassisi qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Kecha, 29 oktyabr- kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani hokimiyati qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha mutaxassisi 1982 yilda tug'ilgan B.A. 1965 yilda tug'ilgan fuqaro S.M.dan F.I. nomiga issiqxona qurish uchun er maydonini dehqon xo'jaligi shaklida egalik qilish huquqini beradigan tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan.

Shundan so'ng, tadbir davom ettirilib, shu kuni tuman hokimining qishloq va suv xujaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari 1966 yil tug'ilgan M.S. xizmat xonasida mutaxassis B.A.dan 100 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani bo'limi tomonidan JKning 210 va 212-moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

B.A. hamda M.S. prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here