Qo'shniga tuxum sotsam, soliq to'laymanmi?

Savol:
Uyda o'ntacha tovug'im bor. Yon qo'shnim “uy tuxumi shifoli bo'ladi”, deb har kuni sotib olib turadi. Bu puldan soliq to'lashim kerakmi?

Javob:
Yo'q, to'lamaysiz.
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasining 12-bandiga asosan, uy xo'jaligida, shu jumladan dehqon xo'jaligida etishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, mo'ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so'yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar soliqqa tortilmaydi.

E`tiborli jihati – manzarali bog'dorchilik (gulchilik) mahsulotlariga bu imtiyoz taalluqli emas.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here