«Aka kameramni sindirmaysiz» Qashqadaryoda muxbirga 5 kishi kuch ishlatib uning jihozlarini sindirib tashlamoqchi bo'ldi. Ichki ishlar xodimlari zo'ravonlarga yordamlashdi (audio 1-qism)

Jurnalistika butunjahon bo'yicha eng xavfli kasblar qatoriga kiritilgan.
Ba`zan jurnalistni otib ketishibdi, asir olishibdi, tazyiq o'tkazibdi kabi xabarlarni xalqaro maydonda ko'p eshitamiz.
Jurnalistlarning oddiygina ziyrakligi ortidan dunyoda ko'plab uyushgan jinoiy guruhlar faoliyati aniqlangan, qaror topmagan haqiqatlar yuzaga chiqqan.

O'zbekistondachi?
Qashqadaryodachi?
Jurnalistlarga qanday munosabatda bo'lishadi?

Rosti mamlakat rahbari ochiqlik siyosatini ilgari surgani va jurnalist va blogerlarga ishonch bildirgani ko'plab mansabdorlar ildiziga bolta urdi desak yanglishmaymiz.

Lekin jurnalist himoyasi qanchalik mustahkam?
Bu savolga javobni quruq va`dalarda ko'ryapmiz!

Qashqadaryoda “Nasafnews” degan sayt bor.
Faoliyat boshlaganiga 1 yil bo'lgan bo'lsada, ko'plab amaldorlarga aybini ochiq aytgani uchun ashaddiy dushmaniga aylangan.
To'g'ri gap kimga ham yoqardi.

Xullas gapni cho'zmaymiz.
Qashqadaryo viloyat 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanserining bir guruh xodimlari va Ichki ishlar xodimlari tomonidan kecha kechqurun muxbirimizga nisbatan kuch ishlatilib, haqorat qilgani haqida bugun batafsil yozamiz.

27-avgust kuni kech soat 23:00 lar atrofida muxbirimiz Qashqadaryo viloyat 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseridagi holatga aniqlik kiritmoqchi bo'ladi va asosiy darvozadan ichkariga kiradi.
Uni qarshi olgan navbatchi shifokorlar soat 22:00 dan so'ng hech kim shifoxonaga kirishi mumkin emasligini aytadi. Bu bo'yicha qonuniy asos bor ekani bilan qiziqqan muxbirga navbatchi shifokor qo'pollashib boshlaydi.
Shunda muxbir hech kim kirishi mumkin emas degan buyruqni so'raydi va taqdim etsa chiqib ketishini aytadi.

Afsuski biror shifokor bu buyruqni topib bera olmaydi.
Tashqi darvozadan chiqib ketish uchun yo'lga otlangan muxbirni shifoxonaning qorovuli tutib oladi va boshqa xodimlarni ham chaqiradi.
Muxbir ulardan ham hech kim kirishi mumkin emas bo'lgan buyruqni ko'rsatishini talab qiladi.
Ammo xodimlar va qoruvullar yig'ilib muxbirning ish quroli kamerasini tortib olishga harakat qiladi.
Ish qurolini berishni istamagan muxbirga kuch ishlata boshlashadi. Bir qo'lini qayirib, xizmat so'mkalarini otib yuborishadi.
Shundan so'ng, qorovulxonaga tiqib, urishmoqchi bo'lishadi.
Audioni tinglang.

Muxbir nega asab-ruhiy kasalliklar dispanseriga bordi?

Qashqadaryo viloyat 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseriga har kim kira olmaydi.
Ammo telegram bot kanalimizga shifoxonaning ayrim ishchilari tomonidan yuborilayotgan ashyoviy faktlar muxbirimizda biroz shubha uyg'otadi.

Bemorlarga sharoit yaratilmagani va ularning har ko'yga solinayotgani haqida video ma`lumotdan tashqari shifoxona bosh shifokorining tazyiq o'tkazayotgani haqida ham qo'shimcha ma`lumotlar kelib tushadi. Bu holatga aniqlik kiritish uchun muxbir ayni tunda boradi va holatga xolis nazar tashlamoqchi bo'ladi.

Balki bu noqununiydir. Ammo kundan kun azobga solinayotgan shifoxona bemorlari ( jinnilar) ham odam. Ularning ham haq-huquqlari bor.

Vazirlikka yolg'on ma`lumot berildi

Shifoxonaning og'ir ahvoli haqida video internetda suzgach, ichki tekshiruv o'tkazilgani va bunday holat kuzatilmagani haqida Qashqadaryo viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi bu yolg'on deb bir nechta qo'g'irchoq saytlarda bong urdi.

Tanganing ikkinchi tomoniga nazar tashlaymiz.
Esingizda bo'lsa, shifoxonaga yangi krovatlar olib kelinib o'rnatilgani va xaroba xonalar tozalab chiqilgani haqida ham xabar bergan edik.
Kim ham aybisini tan olgisi keladi.
Bunday holat bo'lgan bo'lsa darrov bartaraf etib, bizda bunday emas deyish qiyin emas.
Ammo nega shifoxona ma`muriyati “Nasafnews” axborot portali bilan bog'lanib voqeilikka aniqlik kiritmadi?
Masalaga aloqasi bo'lmagan mansabdor shaxslarni o'rtaga qo'shdi.
Qo'g'irchoq saytlarga bog'lanib yolg'on ma`lumot deb aytdi.
Bir tomonlama qarash emasmi bu?

YAna savol tug'iladi. Agarda bo'limlarning holati a`lo darajada bo'lsa nega muxbirga 5 kishi bo'lib faol qarshilik ko'rsatildi?  Kuch ishlatildi.
Mana sizga haqiqat!

Qashqadaryo sog'liqni saqlash boshqarmasi o'z vazirligiga yolg'on ma`lumot berdi.
Vazirlik ham unaqa emas ekanda deb, hatto tekshiruv ham o'tkazib ko'rmadi.
Aybni tan olish ham mardlik sanaladi.

Nogiron Jurnalistika

Ha, bizda jurnalistika nogiron.
To'g'rirog'ini aytsak jurnalistlarning qo'l- oyog'ini amaldorlar boshqaradi.
Erkinlik yot narsa.
Rahbarlarga yaxshi ko'rinish uchun maddohlik qilib yurgan qancha jurnalistni ko'ryapmiz, bilyapmiz, eshityapmiz.
Ular aslida jurnalist deb aytilishga noloyiq.

«Maddoh mas`ullar»

Qashqadaryoda jurnalistlarni so'raydigan odam yo'q deysizmi?
Co'rashadi.
Masalan bizda necha yildan beri rahbarga yalchimagan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi (avvalgi holati nazarda tutilgan) bor.
Uyqudagi jurnalistlar ijodiy uyushmasi bor.
Boringki viloyat hokimligi, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura degan organlar ham bor.
Ammo nega ular muxbirga kuch ishlatilganini bilsa-da jim turibdi?

Sizlarga qanday isbot kerak o'zi?

Mamlakat rahbari Jurnalist va blogerlarga  katta ishonch bildirayotgan bir paytda, nega siz o'z viloyatingizda haq-huquqlari toptalyotgan muxbirlarni himoya qila olmaysiz? «Demak siz ham maddohlar safidasiz.»

Agar sen yonmasang, agar men yonmasam, agar biz yonmasak qachon qorong'uliklar chiqar yorug'likka…
Bu so'zlarni “E`tibor markazi” ko'rsatuvida ko'p eshitgansiz. Biz ham ayni damdagi xulosamizni shu so'zlar bilan yakunlamoqchimiz.
Xulosa sizdan.

Maqolaning davomida Ichki ishlar xodimlari kuch ishlatib muxbirni olib ketgani haqida yozamiz.

«Nasafnews» axborot portali tahririyati

6 Izohlar

  1. Keyingi vaktda uzini «jurnalistman» deb pul evaziga xammani maktaydigan «tijoratchi muxbir» lar xam kupayib, xakikiy jurnalistlar obruyiga putur etkazishmokda. Naxotki avvaliga «bizda bunaka muammo yuk, bulmaydi xam» deb javob xati berib, keyiniga faktlar bilan isbotlangach, «bu muammo bizda xam bor edi» deb ommani aldab turgan Raxbariyatga chora kurilmasa?

  2. Voqealar davomi juda qiziq, holat urganildimi, ular isbotini topadimi? Umuman kimga chora kuriladi ushbu holatda yoki hech nima uzgarmaydimi?

  3. Konuniy chora kurish kerak, bundan sung xizmat vazifasini bajarayotganlarga xech kim zuravonlik kilmasin. Axir muxbir xalk manfaati uchun jon koyitdi. Aynan shifoxona Raxbariyat tizimi yangilansa maksadga muvofik bulardi. Sababi bular zuravonlik bilan xalkni ovozini uchirishga xam urinib kelishmokda, kamchiliklarni bartaraf etish urniga.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here