Qashqadaryolik shifokor 25.000 AQSh dollarini olayotganda qo'lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati, YAkkabog' tumani, Nov qishloq vrachlik punkti shifokori A.Q. fuqaro I.A.ni tanishlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar ko'chasida firibgarlik yo'li bilan 25.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deyilmoqda prokuratura.uz saytida.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here