Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vaziri T.Xudaydergenov buyrug'i bilan, Tursunov Shuhrat Hamidovich Qashqadaryo viloyati Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Sh.Tursunov bungacha viloyat hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo'yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 2005-2013 yillarda Qarshi shahar hokimi vazifasida ham ishlagan.
Shuningdek, Rahimov Botir – viloyat Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

B.Rahimov bungacha Qashqadaryo viloyati irrigatorlar va melioratorlar oqsoqollar assosiasiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan. U 1998-2001 yillarda YAkkabog' tumani hokimi vazifasida ham ishlagan.