Nishon tumanida 11-sinf o'quvchisi o'zini osdi. Bu birinchi holat emas

2022 yilning 9 mart kuni Nishon tumanidagi 21-umumiy o'rta ta`lim maktabining 11-sinf o'quvchisi G.E. (qiz bola) o'zini osib, o'z joniga qasd qildi. Bu haqda «Nasafnews» manbasi xabar bermoqda.

Ma`lum bo'lishicha, 2005 yilda tug'ilgan G.E. o'z yashash uyining orqa tarafidagi o'rik daraxtiga arqon bilan o'zini osib, voqea joyida vafot etgan.

Qo'shimcha qilinishicha, qizning ruhiyatida o'zgarish bo'lgan.

Nishon tuman IIB boshlig'i Sh. Shokirovning «Nasafnews» muxbiriga ma`lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhumning vafoti yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Eslatib o'tamiz, bu tumanda maktab o'quvchilarining o'z joniga qasd qilishi bilan bog'liq birinchi hodisa emas. 2021 yil Nishon tumanidagi 23-maktabning 11-sinf o'quvchisi (qiz bola) 18 may kuni o'zini osib qo'ygani haqida ham xabar berilgandi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here