Qamashida bankning sobiq xodimi soxta kvitansiya bilan 539 nafar fuqarolarning pulini o'zlashtirdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qamashi tuman bo'limi tomonidan tumandagi tijorat bankining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilgan.

Ma`lum bo'lishicha, bank filialning sobiq xodimi S.T. fuqaro F.N. bilan o'zaro til birktirib, 539 nafar fuqaroga o'zlarini go'yoki G'uzor tumani IIB YHXBga to'lovlarni qabul qiluvchi xodim sifatida tanishtirib, ularning jami 216 mln so'm to'lovlarni naqd pulda qabul qilib, evaziga bank muassasasining soxta kvitansiyalarini taqdim etib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here