Kuni kecha Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i J.Raxmankulov, mas`ul tashkilot rahbarlari bilan G'uzor tumanining olis hududi, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Taxam qishlog'ida sayyor qabul o'tkazdi.




Sayyor qabulda ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilma, kommunikasiya va bir qancha boshqa masalalar ko'rib chiqilib, ularga qonuniy echim topish choralari ko'rildi. Echimi ma`lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo'yicha tegishli mutasaddilarga ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, mas`ullar ijtimoiy soha ob`ektlarining bugungi holati bilan tanishib, aniqlangan muammolar bo'yicha chora-tadbir rejalarini kelishib olishdi.