Muborak neft- va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori katta lavozimga ko'tarilib ketdi

2019 yil 24 iyundan buyon “O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Alisher Sayfullaevich Mustafoev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «O'zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Uning o'rniga Muborak neft- va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori Rustam Cho'lievich Sherov “O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma`lumot uchun: Rustam Sherov 1978 yili Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida tug'ilgan. U neft va gaz sohasidagi faoliyatini 2002 yilda “Muborakneftgaz” UKda geologlikdan boshlagan. “O'zgeoburg'uneftgazqazibchiqarish” AJda turli lavozimlarda, “O'zneftgazqazibchiqarish” AJda Boshqaruvi rais lavozimida faoliyat yuritgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here