«Nasaf» FIFA bilan muzokara olib bormoqda

2020 yil «Nasaf» jamoasining Turkiyada bo'lib o'tgan mavsum oldi o'quv-mashg'ulot yig'iniga fransiyalik futbolchi Diakite Abdelaye kelib qo'shilgandi. Futbolchining o'yin uslubi jamoa murabbiylarini qoniqtirmaganligi sababli futbolchiga javob berilgan edi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021 yilda futbolchi «Nasaf» futbol klubi ustidan FIFA ga arz qilgan va jarima to'lash bo'yicha qaror bir tomonlama chiqarilgan. Hozirgi paytda «Nasaf» futbol klubi huquqshunoslari O'zPFL xalqaro bo'limi bilan hamkorlikda Diakite Abdelaye bilan yuzaga kelgan muammoni echish ustida muzokara olib borishmoqda.

Diakite Abdelaye borasidagi muammo yuzaga kelishiga sabab bo'lgan rasmiy shaxslarga surishtiruv ishlari yakunlangandan so'ng ularga tegishli chora ko'riladi.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilning dekabr oyida FIFA «Nasaf»ga transfer taqiqi belgilagandi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here