Bosh prokuratura 2021 yilda qancha mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilganini ochiqladi

Bosh prokuratura 2020−2021 yillarda mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni, davlatga keltirilgan zarar va jinoyat turlari to'g'risidagi infografikani e`lon qildi, deb yozadi «gazeta.uz».

Unga ko'ra, 2021 yil davomida respublika bo'yicha jami 2345 ta jinoyat ishi bo'yicha 2804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16 nafari respublika, 241 nafari viloyat va 2547 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1741 nafari o'zganing mulkini o'zlashtirish va rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish , 269 nafari firibgarlik, 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab vakolatini suiiste`mol qilish, 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 41 nafari mansab soxtakorligi, 12 nafari pora berish va 353 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida 2021 yilda davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd so'm miqdorida moddiy zarar etkazilgan bo'lib, tergov jarayonida ushbu zararning 714,8 mlrd so'mi 78,2% undirilgan. 2020 yilda etkazilgan zarar miqdori 500 mlrd 102 mlnn so'mni tashkil etib, shundan 355 mlrd 754 mln so'm undirilgan (71%).

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here