Chiroqchi tumni hokimi Xurram Jo'raevning «Tuman hokimining yordamchisi E.Y.Xudoynazarovni intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.
13 yanvarda imzolangan qaror bilan O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 176-moddasida belgilangan vazifalarni bajarishda mas`uliyatsizlik bilan qaraganligi, o'ziga yuklatilgan xizmat vazifalari va burchlarini lozim darajada bajarmaganligi bois, Chiroqchi tuman hokimining yordamchisi Xudoynazarov Elmurod YUnusovichga mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo'llanilgan.