Shahrisabzda aka-uka o'zlaridan qarzi bor erkakni pichoqlab o'ldirdi

Shahrisazb tumanida mudhish jinoyat sodir bo'ldi. Qashqadaryo viloyat IIB ma`lumotiga ko'ra, joriy yil 5 yanvar kuni soat 13:20 larda Shahrisabz tumani «Loliston» mahallada yashovchi F.Sh. va akasi F.M.lar tanishi Shahrisabz shahar «Kulolik» mahallasida yashovchi R.Z. bilan ustaxona oldida ilgaridan o'rtalarida bo'lgan qarz munosabatlari yuzasidan kelib chiqqan adovat tufayli janjallashib qoladi.

Z.R Sh.F.ga qarzini qaytarib berishini aytib, uni turli so'zlar bilan haqorat qilib, o'zaro tortishib qolishgan.

Sh.F.ning jahli chiqib, uni o'ldirish maqsadida ustaxonada bo'lgan temir quvur va pichoq olib, Z.R.ni orqasidan quvib borib temir quvur bilan uni urib yiqitgan.

Z.R. o'zini himoya qilish maqsadida yonida bo'lgan pichog'ini qo'liga olgan vaqtida Sh.F. temir quvur bilan Z.R.ning qo'liga urgani sababli pichoq erga tushib ketgan.

Sh.F. va Z.R.ning janjalini kuzatib turgan Sh.F.ning akasi M.F. o'zi ishlayotgan ustaxonasidan yog'och kaltakni olib, janjal bo'layotgan joyga etib kelib Z.R.ning bosh sohasiga bir necha marotaba qo'lida bo'lgan yog'och kaltak bilan qasddan urgan.

Shu vaqtda Sh.F. erda yotgan pichoqni olib Z.R.ning chap ko'krak yon sohasiga va ko'krak o'ng yon sohasiga ikki marotaba sanchib olgan.

Ushbu pichoq dastasi va tig'i o'rtasidan sinib ketganligi bois o'zining jinoiy harakatlarini oxiriga qadar etkazish maqsadida o'zining yonida bo'lgan pichoq bilan erga qarab yotib qolgan Z.Raxmonovning orqa ko'krak sohasiga 8 marotaba pichoq sanchib, qasddan o'ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

2 Izohlar

  1. Avvalo qarz olib bermay yurgan odamlar aybdor. 5-10 yillab qarzini bermay, pulni sochib maishat qiluvchilarni ham uchratganman. Olarda jon-jon, berarda chiqar jon deb bejiz aytishmagan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here