Nishonda 50 yoshli yo'l quruvchisini asfal-t ishlari ketayotgan vaqtda «Nekciya» bosib ketdi. Marhumning yaqinlari aybdorlarga tezroq chora ko'rilishini so'ramoqda

Nishon tumani Oydin mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug'ildan S. I 2021 yilning 27 dekabr- kuni YTH qurboni bo'ldi.
Bu haqda xabar bergan «Nasafnews» muxbirining so'zlariga ko'ra, vafot etgan erkak Nishon tumani Yo'llaridan foydalanish UK yo'l bo'limi ishchisi sifatida faoliyat ko'rsatgan.

Ma`lum bo'lishicha, 2021 yil 27 dekabr kuni soat 19:00da Nishon tumani Shirinobod MFYda yashovchi P.T o'zining boshqaruvida bo'lgan «Nekciya» rusumli avtomashinada tezlik bilan harakatlanib kelib, asfal-tlashtirish ishlarida ishtirok etayotgan fuqaro S.I.ni urib ketgan. S.I. olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

«Nasafnews» muxbiri bilan suhbatda bo'lgan marhumning yaqinlari aybdorlarga tezroq chora ko'rish kerakligini aytmoqda.
Voqeaning qolgan tafsilotlarini mazkur videoreportajda tomosha qiling.



Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here