Dehqonobodda falokat. YAngi yilning birinchi kuni 5 kishi qurbon bo'ldi

Joriy yilning 1 yanvar- kuni soat 13:00 larda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hududidan o'tuvchi M-39 «Termiz-Toshkent» avtomobil- yo'lida baxtsiz hodisa sodir bo'ldi.

Ma`lum bo'lishicha, 1990 yilda tug'ilgan A.M. «Cobalt» rusumli avtomobilda ob-havo yomg'ir yog'ayotganligini inobatga olmasdan tezlik bilan harakatlanishi oqibatida, rul- boshqaruvini yo'qotib beton to'siqqa urilgan.

Hodisa natijasida haydovchi A.M. hamda ushbu avtomobilda bo'lgan to'rt nafar yo'lovchilar olgan og'ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here