Qashqadaryoda «Gai»larga yangi rahbar keldi. Avvalgi rahbar qaerga ketdi?

3621

Polkovnik Sadirov Aziz Sirojiddinovich Qashqadaryo viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

U tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o'tamiz, avval bu lavozimda Axmat Saatov faoliyat ko'rsatgan. U 2020 yil avgust oyidan buyon rahbar bo'lib ishlab kelayotgandi. Uning nega ishdan ketgani yoki bo'shatilgani haqida aniq ma`lumot berilmayapti.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here