Qashqadaryo viloyatiga Qashqadaryoda tug'ilib o'sgan hokim tayinlandi

3877

Bugun 18 noyabr kuni viloyat hokimligi majlislar zalida faollar yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administarsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lum bo'lishicha, yig'ilishda viloyat hokimining o'rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar sektorlar rahbarlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Senat a`zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qatnashgan.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzaev boshqa ishga o'tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Uning o'rniga Murodjon Berdialievich Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

M.Azimov 1976 yil Kitob tumanida tug'ilgan. U 2018 yilning fevral oyidan buyon Davlat bojxona qo'mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here