Shuhrat Sotvoldievning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimda ish boshladi

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Shuhrat Sotvoldievning sobiq matbuot kotibi Iroda Rasulova yangi lavozimda ish boshladi.

Ma`lum bo'lishicha, podpolkovnik Rasulova Iroda Abduxoliqovna Qashqadaryo viloyati IIB Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi boshlig'i lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o'tamiz, kecha Iroda Rasulova o'rniga Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati boshlig'i etib Qashqadaryo viloyati IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori lavozimida ishlagan J.Baxtiev tayinlangandi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here