Viloyat hokimining o'rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib to'laydi

Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Rustam Yo'ldoshev jiddiy tanqidga uchradi.
U viloyat hokimligida o'tkazilgan yig'ilish haqida ayrim tumanlarga xabar bermagan.

Tashkiliy masalaga e`tibor qilmagani uchun Rustam Yo'ldoshev 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib to'laydi.
Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan e`lon qilindi.

Yig'ilishda Zoyir Mirzaev barcha tuman maktabgacha ta`lim bo'limi rahbarlari vazifasidan ozod etilib, 3 oylik sinov muddatida vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishini taklif qildi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here