Qarshi shahridagi Prezident maktabiga qabul jarayonlari qachon boshlanishi ma`lum bo'ldi

5 iyundan Qarshi shahridagi Prezident maktabiga qabul jarayonlari boshlanadi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi ma`lumot berdi.

Kirish imtihonlari 2 bosqchidan iborat bo'lib, birinchi saralash bosqichi 20-25 iyulda, ikkinchi yakuniy imtihonlar 20-23 avgustda bo'lib o'tadi.

Joriy yilda 10 ta hududda 5 sinfdan 9 sinfgacha, qolgan 4 ta maktabda 5-6 sinflar uchun qabul bo'ladi.

Bu yil hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Talabgor platforma orqali ota-onasi yordamida hujjatlarni to'ldirishi kerak bo'ladi.

1 izoh

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here