«Nasaf» etakchisi boshqa klublar bilan muzokara o'tkazmoqda

O'tgan mavsumda «Nasaf» etakchilaridan biriga aylangan Marko Stanoevich 2021 yilgi mavsumni boshqa klubda boshlashi kutilmoqda.

Tribuna.uz manbasiga ko'ra, serbiyalik 32 yoshli yarimhimoyachiga OKMK va «Paxtakor» klublari qiziqish bildirmoqda. Stanoevich ushbu jamoalar bilan muzokara o'tkazgan. Legioner futbolchi tez orada bir qarorga keladi. U «Nasaf» bilan moliyaviy jihatdan kelisha olmagani sababli yangi mavsumni Olmaliq yoki Toshkent klubida boshlashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Stanoevich Superliga 2020 yilgi mavsumida 24 o'yinda 6ta gol urib, «Nasaf»ning kumush medallarini qo'lga kiritishiga katta hissa qo'shgandi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here