Mashinasini mustaqilligimizning 29 yilligiga moslab o'zgartirgan haydovchiga chora ko'rildi

Avtomashinasining tusini o'zgartirgan shovvozning harakatlariga chek qo'yildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIV xabar berdi.

 

«1987 yilda Buxoro shahrida tug'ilgan T. F., 2020 yil 31 avgust kuni soat 10:40 larda Buxoro shahar B.Naqshband ko'chasi bo'ylab o'z boshqaruvida bo'lgan “Lasetti” rusumli 80 O 727 RA davlat raqam belgili transport vositasini O'zbekiston Respublikasi “Davlat bayrog'i”  tusida bo'yab o'zgartirib, shaxsiga oid va boshqa tegishli hujjatlarsiz harakatlanib yurganligi sababli viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan to'xtatilib, qonuniy chora ko'rish uchun transport vositasi tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi», deyiladi xabarda.

2 Izohlar

  1. Yo tovbaa mustaqil yurtda yawayotganimizdan hursand bb qilgandr. Bòlmasa zarilmi ungayam ortiqcha rasxod qilib. Yangi yilda hamma mawinasiga zarlar ilib qorbobo rasmlarini chizdirganda nimaga oborib tiqib quymagandela. Bu ham bir bayram bezagi qilgandrde🤔🤔🤔

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here