Mustaqilligimizning 29 yilligi Qashqadaryoda katta tantana qilinmagan bo'lsa-da, bugun o'tkazilgan tadbir esda qolarli bo'ldi.
Aslida bayram ko'pga yarashadi, deyishadi. Lekin na iloj, karantin hali tugamadi.
30 avgust kuni Qashqadaryo viloyat hokimi Zoir Mirzaev va viloyat faollari Qarshi shahridagi “Xo'jai Jarroh” ziyoratgohida jam bo'lib, qurbonlik qilindi. So'ngra Qur`on tilovat qilinib, yo'lovchi tashish uchun keltirilgan avtobuslarga chiqishdi.
Ular Qarshi shahridagi diqqatga sazovor joylarda bo'lib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Tadbirni jurnalist va blogerlar faol yoritib bordi.
Tadbir oqshomda davom etdi.
Viloyat hokimi bir guruh faol soha xodimlarini bayram bilan tabriklab, sovg'a-salomlar ulashdi.
Bayram tadbirida tuman va shahar hokimlari ham qatnashdi.







Foto: O. Qo'ldoshev

Mavzuga oid: Qarshiga Xitoydan keltirilgan avtobuslarning narxi va qaysi yo'nalishlarda harakatlanishi ma`lum bo'ldi
Qarshi shahriga yangi 80 ta avtobus olib kelindi. Endi “Damas”da yo'lovchi tashish bekor qilinadimi?