Qashqadaryodagi besh tumanda bosh soliqchilar o'zgartirildi

Davlat soliq qo'mitasi raisining 2019 yil 25 apreldagi buyrug'iga asosan Qashqadaryo viloyatida 5 ta hududiy davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi kun.uz

Baxtiyor Asrorovich Usmonov – Chiroqchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Baxtiyor Asrorovich Usmonov
Foto: Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati

B.Usmonov 1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan. 1998 yili Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat bo'limi uchastka davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. YAngi lavozimga tayinlangunga qadar Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i vazifasida ishlagan.

Ulug'murot Sayimovich Butayorov – Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Ulug'murot Sayimovich Butayorov
Foto: Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati

U.Butayorov 1977 yilda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan. 2000 yili Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo'limi boshlig'i lavozimida boshlagan. YAngi lavozimda faoliyat boshlashiga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo'limi davlat soliq bosh inspektori vazifasida faoliyat ko'rsatgan.

Abror O'tkirovich Temirov – Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Abror O'tkirovich Temirov
Foto: Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati

A.Temirov 1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan. 2006 yili Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi YUridik shaxslarga soliq solish bo'limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. YAngi lavozimda ish boshlagunga qadar u Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Mahmud Muzaffarovich Sherdanaev – Shahrisabz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Mahmud Muzaffarovich Sherdanaev
Foto: Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati

M.Sherdanaev 1962 yilda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan. 1989 yili Toshkent xalq xo'jaligi institutini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani davlat soliq inspeksiyasi Barcha boshqa soliqlar bo'limi davlat soliq katta inspektori lavozimida boshlagan. YAngi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo'limi davlat soliq bosh inspektori vazifasida ishlagan.

Obidjon Qurbonovich Hasanov – Qarshi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Obidjon Qurbonovich Hasanov
Foto: Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati

O.Xasanov 1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan. 1995 yili Qarshi davlat universitetini, 2001 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani davlat soliq inspeksiyasi Tushumlarni jamlash va nazorat qilish bo'limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. YAngi lavozimda ish boshlashga qadar Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari vazifasini bajaruvchisi vazifasida ishlagan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here