Qashqadaryoda 95 tonna bug'doyni talon-toroj qilgan mansabdorlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Qashqadaryo viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, «Dunyo-M» AJ agronomi X.Z. va sex boshlig'i M.R. o'zaro til biriktirib, fuqaro YU.A.ga har bir kilogramm bug'doyni 2,9 ming so'mdan hisoblab, jami 95 ming kg.ni 275,6 mln so'mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, noqonuniy ravishda sotilgan 95 ming kg bug'doyning 65,9 ming kg.ni go'yoki, jamiyatga qarashli «Shayxali» qo'rg'onchasidagi elevatorga topshirilgani haqida soxta yozuvlar kiritish orqali jinoyatni yashirishga urinishgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here