Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Televizorni gipsokarton devorga osish mumkinmi? Qarshida bunga amalda javob berildi

Televizorni gipsokarton devorga osish mumkinmi? Qarshida bunga amalda javob berildi

17 авг 2026
40
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

15-avgust kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi parkda KNAUFning “Pardevorlarni o‘zingiz tekshirib ko‘ring” interaktiv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ayniqsa uyini ta’mirlayotgan, xonalarni qayta rejalashtirayotgan yoki pardevor tanlashni o‘ylayotganlar uchun foydali bo‘ldi. Chunki bu yerda mahsulotlarni faqat ko‘rish emas, balki ularning qanday ishlashini amalda tekshirish imkoniyati yaratildi.

Gipsokarton pardevor aslida nimadan iborat?

Ko‘pchilik gipsokarton devorni faqat tashqi list bilan tasavvur qiladi. Tadbirda esa pardevorning kesimdagi ko‘rinishi namoyish etilib, uning metall karkas, gipsokarton qatlamlari, izolyatsiya va mahkamlash elementlaridan iborat yaxlit tizim ekani ko‘rsatildi.

Ya’ni tayyor devorning sifati va mustahkamligi faqat materialning o‘ziga emas, balki butun konstruksiya qanday yig‘ilgani va montaj qanchalik to‘g‘ri bajarilganiga ham bog‘liq.

Televizor, tokcha yoki shkafni mahkamlash mumkinmi?

Tadbir davomida tashrif buyuruvchilarni eng ko‘p qiziqtirgan savollardan biri ham shu bo‘ldi. Ko‘rgazma stendlarida pardevorlarga turli buyumlar o‘rnatilgani ko‘rsatildi. Mutaxassislar esa har bir holatda tegishli tizim va mahkamlash elementlarini to‘g‘ri tanlash zarurligini tushuntirishdi.

Shu sabab “gipsokarton devorga hech narsa osib bo‘lmaydi” degan umumiy fikr to‘g‘ri emas. Bunda konstruksiya, mahkamlash turi va montaj texnologiyasi muhim ahamiyatga ega.

Mustahkamlikni o‘zlari tekshirishdi

Tadbirda maxsus konstruksiyalar tayyorlanib, tashrif buyuruvchilarga ularning mustahkamligini amalda sinab ko‘rish imkoniyati berildi. @foydalixona vakillari ham jarayonda qatnashib, konstruksiyalarni yaqindan ko‘rdi va sinovlarda ishtirok etdi.

Eng yaxshi tomoni — bu yerda tayyor reklama gaplariga ishonish talab qilinmadi. Aksincha, odamlar mahsulotni o‘zlari ushlab ko‘rdi, sinadi va keyin xulosa chiqardi.

Tovush izolyatsiyasi qanday ishlaydi?

Yana bir foydali interaktiv tovush izolyatsiyasiga bag‘ishlandi. Maxsus zona orqali devorning bir tomonidagi tovush bilan ikkinchi tomonidagi farqni amalda eshitib ko‘rish mumkin bo‘ldi. Bu, ayniqsa, yotoqxona, bolalar xonasi yoki ish xonasini boshqa xonalardan ajratishda tovush izolyatsiyasiga e’tibor beradiganlar uchun qiziqarli tajriba bo‘ldi.

Mutaxassisdan savol so‘rash imkoniyati

Tadbir davomida KNAUF mutaxassislari tashrif buyuruvchilarga konsultatsiya berdi. Odamlar pardevor qurilishi, material tanlash, televizor yoki tokchalarni mahkamlash, tovush izolyatsiyasi va montaj bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bu jihatdan tadbir oddiy ko‘rgazmadan ko‘ra, amaliy maslahat maydoniga ko‘proq o‘xshadi.

Foydali xulosa:

Qarshidagi tadbirdan chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy xulosa shuki, pardevor tanlashda faqat tashqi materialga qarash yetarli emas. Karkas, qatlamlar, izolyatsiya, mahkamlash elementlari va to‘g‘ri montaj — bularning barchasi yakuniy natijaga ta’sir qiladi.

Shuning uchun uy ta’miri vaqtida “qaysi gipsokartonni olay?” degan savol bilan cheklanmasdan, “menga qanday tizim kerak?” degan savolni ham berish muhim. Qarshidagi KNAUF tadbiri esa aynan shu narsalarni nazariyada emas, amalda ko‘rsatib berdi.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: