Gulnora Karimova bilan bir qamoqxonada bo'lgan ayol uning yashash tarzi haqida gapirdi

Gulnora Karimova bilan bitta kamerada bo'lgan ayol uning yashash sharoiti haqida gapirdi. Karimova bilan bir qamoqxonada bo'lgan ayol bilan kun.uz muxbiri suhbatlashdi.
«Mening Karimova haqidagi taassurotlarim ijobiy emas. Men doim uni tarbiyasiz va madaniyatsiz deb bilaman. Nega men unday hisoblayman? Chunki biz bu erda o'zimizning insoniyligimizni saqlab qolishga intilamiz. Bir birimiz bilan suhbatlashib, madaniyatni saqlab qolamiz, unda esa bu yo'q. Takrorlayman bu mening shaxsiy fikrim», – dedi ayol.

U shuningdek, Karimova doim pechen-e eyishini, gohida koloniyaning ovqatini tanavvul qilishini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra Karimova davlat oldidagi qarzi sabab tikuvchi bo'lib ishlamoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq Karimova ozodlikka chiqish uchun 686 mln dollar taklif qilgan edi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here