G'uzorda 22 yoshli qizning o'z joniga qasd qilishi bo'yicha tafsilotlar ma`lum bo'ldi

Joriy yilning 27 dekabr- kuni soat 12:00 lar atrofida G'uzor tumani Sovbog' mahallasida yashagan 1997 yilda tug'ilgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-kursi talabasi D.M. yashash uyi molxonasi yog'och ustuniga o'zini osib, vafot etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan G'uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari tashkil etilgan.

Davlat sud tibbiy ekspertining 27 dekabr- kunidagi birlamchi tashhisiga ko'ra, marhuma D.M.ning o'limi bo'yin a`zolarining sirtmoq bilan qisilishi oqibatida yuzaga kelgan maxanik asfeksiya natijasida yuz bergan. Marhuma jasadida uning bo'ynidagi strangulyasion egat izlaridan tashqari, tan jarohatlarining boshqa biror-bir ob`ektiv belgilari, ya`ni yara, shilinma va qontalashlar mavjudligi aniqlanmagan.

Holat yuzasidan so'ralgan marhumaning yaqinlari va u yashagan mahalla fuqarolarining aytishlaricha marhumaga nisbatan biror kishi tomonidan ruhiy yoki jismoniy tazyiq o'tkazilmagan.

Shuningdek, marhumaning o'limi va o'z joniga qasd qilish sabablariga oydinlik kiritish maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy va psixologik ekspertizalar tayinlangan.

Olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko'ra, prokuratura tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here