260 ball to'plab, bir vaqtning o'zida 18 ta OTM talabasi bo'lgan yigit

Bundan bir necha kun oldin yurtimizdagi oliy ta`lim muassasalariga test sinovlarining javobi e`lon qilingan edi.

O'zbekistonlik 17 yoshli abiturient bir vaqtning o'zida 18 ta oliy ta`lim muassasasi talabasi bo'ldi. Hozirda u 19-oliy ta`lim muassasasidan javob kutmoqda. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida ma`lum qilindi.

Jahongir Maxammatkarimov eng yuqori ballni Rossiyada joylashgan Tyumen- industrial universitetida 260 ball to'plagan. Kelajakda Jahongir Gubkin nomidagi neft- va gaz Rossiya davlat universitetining Toshkentdagi filialida iqtisodiyot yo'nalishida tahsil olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, oliy ta`lim muassasalarida yangi o'quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here