«Biz rahbarlar kalondimog' bo'lib ketgan ekanmiz» — Qashqadaryo viloyati hokimi YAkkabog'dagi voqealar to'g'risida

Qashqadaryo viloyati YAkkabog' tumanida yuz bergan shov-shuvli voqealar to'g'risida viloyat hokimi Zafar Ro'ziev O'zAga interv-yu berdi.

‒ Bizdan ham xatolik o'tdi. Avvalo, biz, rahbarlar, hammamiz kalondimog' bo'lib ketgan ekanmiz, xalqdan uzilib, manman bo'lib ketgan ekanmiz. Bugun zamon o'zgardi. Muhtaram Prezidentimiz katta islohotlarni boshladilar, bugun xalqning ichiga kirib, har bir oilaning dardini tinglab, uning muammosini o'zimning muammom deb ishlashimiz kerak. Afsuski, hamma rahbar ham buni hali to'la anglab etgani yo'q. YAkkabog' tumani hokimining o'rinbosari ham o'zining vakolatiga kirmaydigan ishni qilgan. Bunaqa paytda xalqning oldiga kamida tuman hokimi kelib, bo'ladigan ishlarni o'zi tushuntirishi kerak edi. Ular anglata olmasa, viloyat hokimi, men kelishim kerak edi. Xalq tuman va viloyat hokimiga ishonadi, o'rinbosarlar yo boshqa idora rahbarlariga emas, deydi Ro'ziev.

Uning aytishicha, tuman hokimi o'rinbosari vakolatidan tashqariga chiqqani uchun ishdan olindi, hatto unga qarshi jinoiy ish qo'zg'atildi. Bundan tashqari o'z ishiga e`tiborsizlik bilan qaragani uchun tuman hokimi va tuman prokurori ham ishdan olindi.

‒ Tadbirkorning korxonasi buzilmaydi, qaytanga u ta`mirlab, chiroyli qilib berilayapti, tadbirkorlik ishi davom etadi, ‒ dedi viloyat hokimi. ‒ Ammo shuni aytishim lozim-ki, biz qonun ustuvor davlatda yashaymiz, qonun oldida hamma barobar, ehtirosga berilib, qonundan tashqari hatti-harakatlar sodir qilgani uchun tadbirkor ham qonun oldida javob beradi.

Avvalroq tadbirkor ruhiy jihatdan tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda, tuman hokimining o'rinbosari esa shifoxonada davolanayotgani xabar qilingandi.

 

1 izoh

  1. Nimaga bu muammllarga vaqat tuman hokimi javob beriwi kerak viloyat hokimlari ham javob berishi kerak. Chunki tuman hokimlari hech qaysi ishni viloyat hokimlarisiz qilolmeydi. Shaxsan bizni fermer ho’jaligimiz bor edi. Muborak tumanini hokimi noqonuniy yerimizni olib qo’ydi. Muborak tumanini hokimini sudga berganimizda viloyat tumani hokimi aralashib sudda muborak hokimi yutib chiqdi, lekin sudning hukmi juda kulgili hukm bo’ldi. Agar odilona tekshirish jarayoni olib borilsa har bir gapim uchun qonuniy isbot topib berolaman.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here