Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanining sobiq hokimi ayblanib, qamoqqa olinganligi haqida yolg'on xabarlar tarqatilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Ma`lum bo'lishicha, Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan 4 mlrd. 198 mln. so'm miqdoridagi subsidiya mablag'lari talon-toroj qilinganligi holati bo'yicha tuman hokimi sobiq o'rinbosari, qishloq xo'jaligi va irrigasiya bo'limlari boshliqlari jami 3 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 167, 209-moddalari bilan ayblanib, qamoq ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo'yicha Qarshi tumanining sobiq hokimi M.Mustafoeva ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan, deyiladi xabarda.