YUlduz Usmonova o'z qo'shig'ini qishloq sharoitida kuylagan qamashilik bolalar bilan uchrashdi

Avvalroq YUlduz Usmonova ijrosidagi «Muhabbat» nomli qo'shig'ini qishloq sharoitida kuylaganlar videosi tarqalgan edi. Video telegram kanallarida e`lon qilinib, ko'pchilikning qalbidan joy oldi.

 

Ma`lum bo'lishicha, ushbu video Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida olingan va unda yosh bola aravachadan musiqa asbobi sifatida foydalanganini, qiz jonli kuylagani va ayol samimiy ruhda raqsga tushganini ko'rish mumkin.

Ta`kidlanishicha, YUlduz Usmonova ana shu qamashiliklar bilan uchrashgan va ularga telefon sovg'a qilib, suratga tushgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here