Yoshlar ishlari agentligining Shahrisabz shahar bo'limi boshlig'ini ishdan bo'shatishdi. Uning o'rniga birdan nomzod ham topildi

Tursunova Sabrina Shuhratjonovna Yoshlar ishlari agentligi Shahrisabz shahar bo'limi boshlig'i vazifasidan ozod etildi. U 2021 yilning aprel- oyida bu lavozimda ish boshlagandi.

Uning ishdan bo'shatilishini «Nasafnews»ga izohlagan Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari Akbarali Xudoyberdievning aytishicha, Sabrina Tursunova boshqarma tomonidan qo'yilgan vazifalarni bajarmagan.

Ma`lum bo'lishicha, ishdan olingan rahbar o'rniga da`vogar ham topilgan.

Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'ining 2022 yil 20 yanvardagi 02-02/08-sonli buyrug'iga asosan Alixanova Malika Boymurodovna egallab turgan vazifasi saqlangan holda Yoshlar ishlari agentligi Shahrisabz shahar bo'limi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

M.Alixanova bir necha yillar davomida Yoshlar ittifoqining viloyat hamda shahar kengashlarida faoliyat olib borgan bo'lsa, hozirga qadar Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi besh tashabbusni muvofiqlashtirish bo'limi etakchi mutaxassisi sifatida ishlab kelgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here