2022 yil 19 yanvar- kuni sohaviy xizmatlar xodimlari hamkorligida reyd o'tkazilgan.
YPX xodimi B.Shog'dorov tomonidan Chiroqchi tumani hududida joylashgan «Umakay» YPX maskanidan o'tayotgan «Cobalt» rusumli avtomobil- to'xtatilib tekshirilganda, haydovchi, 1990 yilda tug'ilgan K.T. o'zining ko'rinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg'otgan.
Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar mobaynida transport vositasining kapoti ostidan, 3 dona sellofanga solingan, jigar rangli, o'tkir hidli, 1 kilogramdan ortiq bo'lgan giyohvandlik moddalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobilda bo'lgan fuqarolar va aniqlangan moddalar Qashqadaryo viloyati IIBga topshirilgan.