Qashqadaryodagi ikki futbol klubi birlashtirilishi rejalashtirilmoqda

“Nasaf” va “Sevinch” klublari birlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Ma`lum bo'lishicha, 2021 yilda ayollar o'rtasidagi mamlakat chempionati Oliy ligasida 10 ta jamoa ishtirok etdi. Qarshining “Sevinch” jamoasidan tashqari barcha jamoa Superliga klublari qoshida tashkil etilganligi bois Professional maqomga ega bo'ldi. 13 karra chempion, ikki marotabadan kumush va bronza medallari sohibi, o'n karra O'zbekiston Kubogi g'olibi, ikki marotaba Superkubok egasi “Sevinch” 2003 yildan buyon alohida, ayollar professional futbol klubi maqomida faoliyat yuritib keldi.

2022 yilning yanvar oyida “Sevinch” jamoasini “Nasaf” PFK tarkibiga kiritish rejalashtirilgan. “Nasaf” PFKning ham, “Sevinch” klubining ham ta`sischisi “Sho'rtangazkimyo” majmuasi hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatining erkaklar va ayollar bosh jamoalari hisoblangan “Nasaf” PFK va “Sevinch” klublarini birlashtirish ham aynan ta`sischining rejasi asosida amalga oshirilyapti.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here