Qarshi tumani hokimi o'rinbosari subsidiya mablag'larini asossiz ravishda ajratilishiga yo'l qo'ydi

Qarshi tumani hokimining birinchi o'rinbosari Norqizil Nazarovga hayfsan jazosi berildi. Bu haqda tuman hokimining tegishli qarori qabul qilingan.

Ma`lum bo'lishicha, o'rinbosar kasb-hunarga o'rgatish, malaka oshirish kurslarini tugatganligi to'g'risida sertifikat olmagan va o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tmagan holda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga jamg'arma mablag'lari hisobidan subsidiya mablag'larini asossiz ravishda chiqarilishiga yo'l qo'ygan. Shu tufayli Norqizil Nazarovga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo'llanilgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here