Kitob tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari O'rinov Yo'lchi Ne`matovich boshqa ishga o'tishi munosabati bilan o'z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Nasafnews»ga tuman hokimligi ma`lumot berdi.
O'rinbosar endilikda yangi joriy etilgan «Hokim yordamchisi» lavozimida faoliyatini davom ettirishi mumkin. U eng og'ir mahalladagi vaziyatni yaxshilashga harakat qilmoqchi.