G'uzorda joylashgan zavod yo'li 40 mlrd so'mga yaqin mablag'ga asfal-t qilindi. Ammo hali mablag' ajratilmadi

4R88 «Mang'it- Sho'rtan gaz kimyo majmuasi» avtomobil- yo'lining 0-32 kilometrlari oralig'ida ta`mirlash ishlari to'liq yakunlanib, 32 kilometr qatnov qismiga 36 ming tonna asfalt-beton qorishmasi yotqizildi.

Avtomobil- yo'lida jihozlash ishlari olib borildi, qatnov qismida yotiq chiziqlar chizilib, 145 dona zamonaviy yo'l belgilari o'rnatildi.

Olib borilgan ta`mirlash ishlariga 76 dona mashina va 145 nafar ishchi xodimlar jalb qilingan.

«Nasafnews» mazkur asfal-tlashtirish ishlariga qancha mablag' ajratilgani bilan qiziqdi. Bu haqda ma`lumot bergan Qashqadaryo viloyat Avtomobil- yo'llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Dilmurod Uzoqmurodovning so'zlariga ko'ra, asfal-t uchun 40 mlrd so'mga yaqin mablag' sarflangan. Ammo hali boshqarma quruvchilari bilan hisob-kitob qilinmagan.

Aniqrog'i, bu mablag' hududdagi zavod va avtomobil- yo'llari boshqarmasi mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan.

«2022 yil yanvar- oyida byudjetdan bu mablag' to'lab beriladi», – deya qo'shimcha qildi axborot xizmati rahbari.

Eslatib o'tamiz, bu yo'ldan «Uzbekistan GTL» zavodiga boriladi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here