Kosondagi korxona binosida sodir bo'lgan yong'in haqida ma`lumot berildi

1590

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanida joylashgan «Bunyodkor» MChJga qarashli binoda yong'in sodir bo'lgani haqida xabarlar tarqaldi. Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan «Nasafnews»ga ma`lumot berdi.

Ma`lum bo'lishicha, bugun soat taxminan 11:41larda Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limiga Koson tumani «Do'stlik» mahallasida joylashgan «Bunyodkor» MChJ korxonasining qurilishi yakunlanmagan omborxonasida yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko'ra, voqea joyiga qutqaruv xizmatida 9 ta yong'in-qutqaruv bo'linmasi jalb etilib, yong'in soat taxminan 12:40 lar atrofida to'liq o'chirilgan. Sodir bo'lgan yong'in oqibatida binoning 260 metr kvadrat shift qismi yongan. Hech kim jiddiy tan jarohati olmagan.

Hozirda holat bo'yicha tegishli soha vakillari tomonidan yong'in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here