Qashqadaryoda 319,7 mln so'mni o'zlashtirgan rahbar o'rinbosari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilgan.

Ma`lum bo'lishicha, “M-S.” MChJ rahbari o'rinbosari B.I. va boshqalar oldindan til biriktirib, 2021 yilning mart-oktyabr- oylarida MChJning 319,7 mln so'm pul mablag'ini bank plastik kartasiga o'tkazib, o'zlarining manfaatlari yo'lida sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here