Zoyir Mirzaev ishdan ketgandan so'ng uning imzosi bilan Qashqadaryo viloyati hokimligi farmoyishi chiqdi va o'chirib tashlandi

2447

Joriy yilning 18 noyabr- kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli farmonlari bilan Zoyir Mirzaev Qashqadaryo viloyat hokimi lavzomidan ozod etilgandi. Ammo bugun, 19 noyabr- kuni Zoyir Mirzaevning Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimi “e-qaror.gov.uz” saytida Qashqadaryo viloyati hokimi sifatida imzolangan yana bir farmoyishi paydo bo'ldi.

Unda yozilishicha, Viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig'i (Qonunchilikdan xabardor xodim) Raxmatov Nuritdin Shamsidinovichga navbatdagi mehnat ta`tili berildi — mazkur hujjat 19 noyabr- kuni (sobiq hokim imzosi bilan) imzolandi. Bu haqdagi xabar tarmoqlarga tarqalgandan so'ng, “e-qaror.gov.uz” saytida qaror matni yo'qolib qoldi. Bizningcha, o'chirib tashlandi.

Uning o'rniga Qashqadaryoning yangi hokimi Murodjon Azimovning yangi, boshqa mazmundagi qarori paydo bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Nasafnews.uz» sayti Qashqadaryoda isitish mavsumi 15 oktyabrdan boshlangani, viloyat hokimining bu haqdagi farmoyishi esa 22 oktyabrda chiqqani, bu borada farmoyishni tayyorlashga mas`ul bo'lgan tashkilot yoki viloyat hokimligi yuristi xatoga yo'l qo'yganini yozib chiqqandi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here