Shahrisabz tumanida hokim o'rinbosariga intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.Tuman deputati daxlsizlik huquqidan mahrum etildi

Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanovning 29 oktyabr kuni «Intizomiy jazo chorasini qo'llash to'g'risida» farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko'ra, bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yganligi uchun tuman hokimining sanoatni rivojlantirish kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari A.Qurbonovga nisbatan o'rtacha oylik ish haqining o'ttiz (30%) foizi miqdorida intizomiy jazo chorasi qo'llanilgan.

Shuningdek, 26 oktyabr- kuni tuman hokimining «Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish to'g'risida» qarori qabul qilingan.

Ma`lum bo'lishicha, bu qarorga Shahrisabz tumani prokuraturasining 2021 yil 9 oktyabrdagi «Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi deputati I.N.Kattaevni ma`muriy javobgarlikka tortishga rozilik berish to'g'risida»gi taqdimnomasi asos qilib olingan.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashiga «19-Polmon» saylov okrugidan saylangan deputat Kattaev I.ni vaqtinchalik daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berilgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here